Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Birinchi O‘zbekiston-Belarus professional ta’lim forumi davom etmoqda


30-aprel kuni Minsk shahridagi Milliy kutubxona binosida birinchi Oʻzbekiston-Belarus professional taʼlim forumining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda ikki tomon oliy va professional taʼlim muassasalari rahbarlarining kadrlar tayyorlash, professional taʼlim sifatini oshirish sohasida hamkorlik istiqbollari va imkoniyatlari bo‘yicha maʼruzalari tinglanib, aloqalarni jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi. Ochilish marosimida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev ham nutq soʻzladi. 

Ochilish marosimi doirasida Urganch davlat universiteti va Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti o‘rtasida hamkorlikda akademik mobillikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan shartnoma imzolandi.
 
Ushbu shartnoma “Akademik mobillik” dasturni amalga oshirish uchun talabalar ro‘yhatini shakllantirish va tanlov asosida saralab olish, universitetning iqtidorli talabalarini Yanki Kupala nomidagi Grodno davlat universitetining o‘quv kurslarida ishtirok etish uchun xorijiy safarga yuborishni koʻzda tutadi.

Ulashish: