Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xalqaro hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli yakunlandi


Xabar berganimizdek, joriy yil14-noyabr sanasidan boshlab Xitoyning Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti professori Li Huixia Urganch davlat universitetining  Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti Agronomiya kafedrasi O‘simliklarni himoya qilish yo‘nalishi talabalari uchun mahorat darslari va o‘quv mashg‘ulotlarini olib bordi.

Bugun ushbu o‘quv jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bir necha hafta davomida talabalar zamonaviy o‘simliklarni himoya qilish texnologiyalari, xalqaro tajriba va fan yangiliklari bilan yaqindan tanishib, professorning amaliy ko‘nikmalarga boy mashg‘ulotlarida faol ishtirok etdilar.

Darslarda o‘zini faol va mas’uliyatli ko‘rsatgan talabalarga sertifikatlar topshirildi. Ushbu jarayon nafaqat bilim almashinuvi, balki ikki oliygoh o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qildi.

Ulashish