Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida xorijliklar uchun “Oʻzbek tili” kurslari oʻz faoliyatini boshladi


Dars mashgʻulotlari Urganch davlat universiteti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasining yetakchi professor-oʻqituvchilari tomonidan guruh shaklida (12-15 kishi), haftada 3 kun olib boriladi. 

Mashg‘ulotlar Urganch davlat universitetining hamma qulayliklarga ega auditoriyalarida o‘tkaziladi. “Oʻzbek tili” kursi  A1 darajadan boshlanib, B2 darajagacha davom qiladi. 

6 oylik pulli kurs uchun to‘lov miqdori oyiga 600 ming so‘mni tashkil qiladi.

Ma‘lumot uchun: Urganch davlat universiteti joylashgan Xorazm viloyatining markazi hisoblangan Urganch shahri qadimiy va navqiron shahar Xivaga 25 km, Xorazmning ko‘hna qal’alariga 30, 35 kilometrlik masofada joylashgan. Siz mashg‘ulotlardan boshqa vaqtlarda yuqoridagi manzillarga sayohat ham qilishingiz mumkin. Shuningdek, tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan Xorazm taomlaridan tanovul qilishingiz, vohaning betakror qo‘shiqlarini eshitib madaniy hordiq chiqarishingiz mumkin. Unutmang, qadimiy Xorazmga kelish, uning o‘ziga xos arxitektura yodgorliklarini ko‘rish haqiqiy sayohatchilarning orzusi hisoblanadi.

Kurs yakunida oʻzbek tili oʻrganuvchilariga til bilish darajasiga koʻra Urganch davlat universiteti tomonidan sertifikat beriladi. 

Murojaat uchun manzil:  Xorazm viloyati Urganch shahri Urganch davlat universiteti asosiy binosining 3-qavati, 317-xona.
Tel.: +998 94 316 48 30
shaxnozaalimova103@urdu.uz

Ulashish