Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Senatorlar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi


9-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Oliy Majlis Senati vakillari hamda talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Senatining fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Baxrom Abdullayev hamda Senatning Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya qo'mitasi rais o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova ishtirok etib, yoshlar bilan bevosita suhbatlashdi, ularning tashabbuslari va fikrlarini tingladi.

Uchrashuv davomida “2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” doirasida amalga oshirilgan ishlar, yoshlar siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlar va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar, ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha tashabbuslar hamda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish va yoshlarning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash haqida atroflicha so'z yuritildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning kelajak rejalari va intilishlarini eshitish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

Ulashish