Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Navozanda” ansamblining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakultetining San’at kafedrasi tomonidan “Navozanda” ansamblining hisobot konserti tashkil etildi.

Tadbirni universitet Birinchi prorektori D.Ibadullayev kirish so‘zi bilan ochib berib, bunday ijodiy uchrashuvlar talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy kamolotida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Konsert dasturi davomida San’at kafedrasi o‘qituvchilari Ergashbek Matyoqubov va Umrbek Djumaniyozov boshchiligidagi ansambl tomonidan Xorazm milliy kuy-navolari mahorat bilan ijro etilib, tomoshabinlarga unutilmas musiqiy lahzalar taqdim etildi.

Tadbir yakunida Filologiya va san’at fakulteti dekani D.G‘ayipov ansambl faoliyatini yuqori baholab, milliy san’atni targ‘ib etishga qaratilgan bunday madaniy tadbirlar kelgusida ham davomiy bo‘lishini tiladi.

Mazkur hisobot konserti milliy musiqa san’atini asrab-avaylash, talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish va ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Ulashish