Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti Kengashining 5-majlisi bo‘lib o‘tdi


Bugun, 29-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ilmiy kengashining 5-majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov raisligida, Kengash a’zolari ishtirokida tashkil etildi. 

Dastlab universitetning ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lida salmoqli hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilarga ilmiy daraja va unvonlarining diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

Kengashning 5-yig‘ilishida Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov tomonidan 2025-yil davomida universitetda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar haqida axborot berildi.

Shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar va istiqbolli rejalar atroflicha muhokama qilinib, ta’lim sifatini yanada oshirish, ilmiy faoliyatni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.

Kengash yig‘ilishida 2025-yil davomida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida o‘quv jarayonini takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksaltirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish yo‘lida samarali faoliyat olib borgan, shuningdek, jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar munosib taqdirlandi.

Ular universitet rahbariyatining Faxriy yorlig‘i hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, fidokorona mehnatlari va tashabbuskorligi munosib e’tirof etildi.

Ulashish