Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rektor talaba-yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi


Bugun Urganch davlat universitetida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Unda universitet rektori Feruza Madraximova oliygohning Fizika-matematika, Xorijiy filologiya hamda Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti talabalari bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.

Uchrashuv erkin va do‘stona ruhda o‘tdi. Uchrashuv davomida rektor talabalarni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, doimiy ravishda o‘z ustida ishlash hamda oldiga yuksak maqsadlar qo‘yishga chorladi.

Talabalar ham faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar. Xususan, innovatsion startap loyihalar, o‘quv amaliyotlar, turli stipendiya dasturlari, xalqaro grantlar hamda tanlovlarda ishtirok etish bo‘yicha bildirilgan tashabbuslar atroflicha muhokama qilindi.

Rektor yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, universitet hayotida faol ishtirokini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Ulashish