Close
Skip to main content


Rektor huzuridagi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Urganch davlat universitetida rektor huzuridagi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish universitet rektori Feruza Madrahimova raisligida o‘tkazilib, unda barcha kengash a’zolari ishtirok etdi.

Dastlab Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor lavozimiga tayinlangan A.Atamurotov hamda Fizika-matematika fakulteti dekani lavozimiga tayinlangan R.Sharipovlar kengash a’zolariga tanishtirildi. 

Yig‘ilish tashkiliy masalalar muhokamasi bilan boshlandi. Xususan, universitetda talabalarga xizmat ko’rsatish joylari, jumladan, ovqatlanish joylarining sifati va taomlari narxini nazorat qilish, konferensiya va seminarlarni sifatli tashkil etish va o’tkazish, fakultetlarning umumiy ko’rinishini mazmun bilan boyitish, “Muhandislik maktabi” faoliyatining borishi singari masalalar muhokama etildi. 

Shundan so‘ng, kun tartibiga muvofiq, prorektorlar tomonidan taqdim etilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Unda universitet faoliyatining dolzarb hamda ustuvor yo‘nalishlariga oid muhim masalalar muhokama etilib, ularning samarali ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, dars sifati va talabalar davomatini mustahkamlash masalalari muhokamaning markazida bo‘ldi. 

Shu bilan birga, “Milliy reyting”ning asosiy ko‘rsatkichlari batafsil tahlil qilinib, universitetning mazkur reytingda munosib o‘rin egallashini ta’minlash maqsadida ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilish yakunida turli masalalar ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Ulashish