Close
Skip to main content


UrDU rektori Termiz davlat universitetida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tajriba yuzasidan o’tkazilgan oʻquv-amaliy seminarda ishtirok etdi


Bugun Termiz davlat universitetida barcha OTM rektorlari uchun jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tajriba yuzasidan oʻquv-amaliy seminar o’tkazildi.

2026-yil 7-aprel kuni Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan o'quv-amaliy seminarida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov,  Sport vaziri Adham Ikramov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etishdi.

Yig'ilishda  jismoniy tarbiya va sportni oliy taʼlim tizimi bilan uzviy bogʻlash, talabalar oʻrtasida sogʻlom va faol hayot tarzini shakllantirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bugungi kunning ustuvor yoʻnalishlaridan ekani alohida qayd etildi. Seminarda barcha OTM rektorlari bilan birga Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ham ishtirok etdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Sport vazirligi tomonidan barcha OTM rektorlari uchun Termiz davlat universitetida oʻtkazilgan oʻquv-amaliy seminardan so’ng rektorlar universitetda jismoniy tarbiya va sport yo’nalishida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar. Shundan so’ng, ishtirokchilar Termiz shahridagi Sulton Saodat maqbarasini ziyorat qildilar.




 








 



Ulashish