Close
Skip to main content


Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti jamoasi bilan uchrashdi


Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning navbatdagi uchrashuvi Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti jamoasi bilan tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida fakultet dekani S. Sadullayev tomonidan fakultet faoliyatiga oid batafsil hisobot taqdim etildi. Hisobotda ta’lim sifati, ilmiy faoliyat hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar keng yoritildi.

Muloqot davomida rektor tomonidan kafedralar kesimida ilmiy salohiyat tahlil qilinib, ilmiy ishlarini himoyaga tayyorlayotgan tadqiqotchilar hamda ilmiy unvon va darajaga intilayotgan professor-o‘qituvchilar bilan ochiq suhbat o‘tkazildi. Ularning ilmiy izlanishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor ekani alohida ta’kidlandi.

Ayni paytda fakultet tarkibida 7 ta kafedra faoliyat yuritib, ularda 149 nafar professor-o‘qituvchi mehnat qilmoqda. Fakultetning ilmiy salohiyati 55 foizni tashkil etadi.

Uchrashuv davomida rektor tomonidan fakultet imkoniyatlaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi sohalariga ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash tashkil etish, shuningdek, universitet ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida zamonaviy ilmiy laboratoriyalar tashkil etish tashabbusini ilgari surildi. Shu bilan birga, darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashrini ko‘paytirish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida professor-o‘qituvchilarning taklif va tashabbuslari tinglanib, mavjud muammolarni tizimli hal etish, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini kuchaytirish hamda fakultet faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan aniq amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ulashish