Close
Skip to main content


Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari tashrifi


Muzeyda o‘tkazilgan ekskursiya davomida eksponatlar xronologik tartibda tanishtirildi. Shuningdek, ixtisoslashgan maktab-internat o‘quvchilari bilan “Yurt va millat fidoiylari yoddan chiqmasin” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbatda yosh xivaliklar harakati faollari, ularning mustamlakachilarga qarshi olib borgan kurash strategiyalari, yoshlar ongida milliy vatanparvarlik ruhini shakllantirishda qo‘llangan usullar hamda harakatning fojiali yakuni haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Ulashish