Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Davlat dasturiga munosabat


2021-yilning 25-yanvar kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi loyihasining oliy ta`lim muassasalari talabalari ishtirokida  ZOOM platformasi orqali onlayn seminari bo`lib o`tdi. 

Ushbu seminarda barcha oliy ta`lim muassasalari qatorida Urganch davlat universitetining mas`ul xodimlari, professor-o`qituvchilari hamda bir guruh iqtidorli talabalari faol ishtirok etib, “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi loyihasiga o`z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Seminar yakunida universitetning  Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov iqtidorli talabalar bilan suhbat o`tkazib, ularning “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi loyihasi borasidagi fikrlarini tingladi. Shuningdek, davlat dasturidagi  qator vazifalarning  mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazdi.

Ulashish: