Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


INNOVATsIYa JAMG'ARMA

NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1. "Innovatsion jamg'arma" (keyingi o'rinlarda "Jamg'arma") nomidagi Urganch davlat universiteti (bundan keyin matnda "Universitet" deb ataladi) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 noyabr, 2017-son «O'zbekiston Respublikasi Innovatsion O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3416-sonli qarori va 7 may, 2018-son. "Qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" Sonli buyrug'i, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 5-sonli buyrug'i, 5-iyul, 594-son buyrug'i,Universitetning Kengashi 2013 yil 18 iyundagi №11-sonli qaroriga asosan va Universitet rektori tomonidan 2018 yil 4 avgustda № 140-IB-2 sonli buyrug'i asosida tashkil etilgan va Universitetning tashkiliy tuzilmasiga kiradi.

2.      Ushbu Nizom Jamg’armaning mablag’larini shakllantirish, boshqarish va foydalanish tartibini belgilaydi.

3.      Jamg’arma yuridik shaxs hisoblanmaydi, Universitetning gerbli muhridan va hisob raqamlaridan foydalanib o’z faoliyatini olib boradi.

4.      Jamg’arma o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasining qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlariga, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlariga, Universitet Kengashining qarorlari va rektorining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.

 

II. Jamg’arma mablag’larini shakllantirish va sarflash

5.      Jamg’arma mablag’lari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:

innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirishdan olinadigan daromadlar;

universitetning ish haqi, stipendiya to’lash, shuningdek, boshqa joriy xarajatlari qoplangandan keyin to’lov-kontrakt mablag’larining 5 foizdan kam bo’lmagan miqdorini yo’naltirish hisobidan;

yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag’lari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

6.      Jamg’arma mablag’lari quyidagilarga yo’naltiriladi:

ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni rag’batlantirishga;

ilmiy-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari va butlovchi buyumlar sotib olishga;

ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini shakllantirish va yangilashga, ilmiy xodimlarni moddiy rag’batlantirishga;

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’yicha universitet bo’linmasi faoliyatini moliyalashtirishga;

har yili o’tkaziladigan Innovatsion g’oyalar haftaligi - «InnoWeek.Uz»  ko’rgazmalarida ishtirok etish bilan bog’liq xarajatlarga;

talabalar, magistrantlar, doktorantlar va professor-o’qituvchilar tomonidan yaratilgan innovatsion ilmiy ishlanmalarni patentlash hamda respublika va xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalarni nashr etish ishlariga;

davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro’yxatdan o’tkazish va qo’llab-quvvatlash xarajatlarini qoplashga;

yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini o’zlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarda bo’lish xarajatlariga;

jahon ta'lim resurslaridan, ilg’or ilmiy adabiyotlar elektron kataloglaridan va ma'lumotlar bazalaridan foydalanishga;

innovatsiya faoliyati bilan bog’liq boshqa xarajatlarni amalga oshirishga yo’naltiriladi.

7.      Jamg’arma tomonidan mazkur Nizomning 6-bandida ko’rsatilmagan tadbirlarni moliyalashtirish, shuningdek Jamg’armadan pul mablag’larini ajratish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi Jamg’arma kuzatuv kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi.

 

III. Jamg’arma faoliyatini tashkil etish

8.      Jamg’armani boshqarish universitet rektori boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Jamg’arma Kuzatuv kengashi tarkibi rektor tomonidan tasdiqlanadi.

Jamg’arma Kuzatuv kengashining a'zolari o’z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

9.      Jamg’arma Kuzatuv kengashi zaruratga qarab har chorakda kamida bir marta majlis o’tkazadi. Zarur hollarda, Jamg’arma Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi mumkin.

10.    Jamg’arma Kuzatuv kengashi majlisi unda Kuzatuv kengashi a'zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Jamg’arma Kuzatuv kengashining qarori ishtirok etuvchi a'zolarning oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi.

Ovozlar teng bo’lgan taqdirda Jamg’arma Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

11.    Jamg’arma Kuzatuv kengashi:

har yili Jamg’armaning daromadlari va xarajatlari prognozi parametrlarini, shuningdek, Jamg’armaga tushgan va sarflangan mablag’lar bo’yicha hisobotni tasdiqlaydi;

ilmiy tadqiqotlarning tasdiqlangan ustuvor yo’nalishlariga muvofiq ilmiy laboratoriyalarni yaratish va qo’shimcha jihozlash bo’yicha tanlovlarni o’tkazish tartibini, shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan ta'minlashni belgilaydi;

yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini o’zlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida ularni tanlov asosida saralash tartibini belgilaydi;

Universitet Kengashi takliflari asosida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk ob'ektlariga (patentlarga) bo’lgan huquqlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun ularning ro’yxatini tasdiqlaydi;

etakchi xorijiy elektron ilmiy ma'lumotlar bazalaridan erkin foydalanish uchun talab etiladigan xarajatlarni Jamg’arma mablag’lari hisobidan qoplashni nazarda tutgan holda Vazirlik takliflari asosida ma'lumotlar bazasi ro’yxatini tasdiqlaydi;

Jamg’armaga xorijiy investitsiyalar, grantlar hamda homiylik xayriyalarini jalb qilishda ko’maklashadi;

Jamg’arma oldiga qo’yilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarini jalb qiladi;

Jamg’arma daromadlarini to’liq shakllantirish hamda mablag’laridan maqsadli foydalanish yuzasidan Jamg’arma faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Jamg’arma mablag’larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish bilan bog’liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

IV. Jamg’arma mablag’laridan foydalanilishini hisobga olish

va nazorat qilish

12.    Jamg’arma mablag’larining kelib tushishi va undan foydalanilishining buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek, hisobotlarni tuzish Universitetning buxgalteriya bo’limi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

13.    Jamg’arma mablag’laridan Universitet kengashi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq maqsadli foydalanilishi uchun mas'uliyat Innovatsion jamg’arma ijrochi direktori zimasiga yuklatiladi.

 

V. Yakunlovchi qoidalar

14.    Jamg’armani tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq Universitet Kengashi qarori va rektor buyrug’i bilan amalga oshiriladi.