Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Urganch davlat universitetining axborot-resurs markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2006 yil 20 iyun 381-sonli qarori, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 23 iyundagi 135/1-sonli qaroriga asosan Urganch Davlat universitetining axborot-resurs markazi sifatida tashkil qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1-2017, 4-q/q, 13-son qaroriga asosan Urganch davlat universitetining boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatda bo‘limlar va lavozimlarda o‘zgarishlar va qisqarilishlar amalga oshirilganligi, shu jumladan Axborot-resurs markazining tuzilmasi ham maqbullashtirilganligini inobatga olib, Urganch davlat universiteti rektorining 2017 yil 1 apreldagi 35-I §21-sonli buyrug‘iga binoan “Urganch davlat universitetining axborot-resurs markazi to‘g‘risida”gi nizomi tasdiqlandi va shu nizom asosida faoliyat yuritib kelmoqda.
Bugungi kunda axborot-resurs markazi 5 ta bo‘limdan iborat bo‘lib,bular:
1. Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi.
2. Axborot-kutubxona resurslarni butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi.
3. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi
4. Elektron axborot-resurslar bo‘limi
5. Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi

Аxborot-resurs markazi Urganch shahar H. Olimjon 14-uyda joylashgan bo‘lib, bosh axborot-resurs markazining kompyuter va o‘quv zallari, kitob fondlari xonalari, Talabalar turar joyidagi kompyuter va o‘quv zallari va Urganch shahar maxallarida joylashgan 2ta filial axborot-kutubxona, fakultetlardagi 9 ta axborot-kutubxonalarida markaz xodimlari birdek xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bo‘limlarda jami xisobda 41 ta shtat birligi bo‘lib, xozirda 41 nafar xodim xizmat ko‘rsatib keladi. Shulardan 26 (63%) nafari oliy maʼlumotli, 15 (37%) nafari o‘rta-maxsus kutubxonashunoslik maʼlumotiga ega. Bugungi kunda axborot-resurs markazining umumiy kitob jamg‘armasi 21932 nomda 300267 nusxadagi adabiyotlardan iborat bo‘lib, umumiy jamg‘armaning 3.4 %ni Prezident asarlari (593 nomda 10231 nusxa), 4.1 %ni ilmiy adabiyotlar (2013 nomda 12401 nusxa), 22.5 %ni darsliklar (4656 nomda 67644 nusxa), 37 %ni o‘quv qo‘llanmalar (8678 nomda 110937 nusxa), 18 %ni badiiy adabiyotlar (3346 nomda 54209 nusxa), 15 %ni boshqa adabiyotlar (2646 nomda 44845 nusxa) tashkil etadi. Аxborot-resurs markazi elektron katalogi IRBIS64 va АRMАT dasturlarida 35195 ta adabiyotlarning elektron to‘liq matnli nusxalari mavjud bo‘lib, 18.5% ni darsliklar(6519), 38% o‘quv-qo‘llanmalar(13387), 11.6% ilmiy adabiyotlar(4077), 3.5% badiiy adabiyotlar(1242), 0.2% majmua va avtoreferatlar (65), 28.1% boshqa adabiyotlar(9905) tashkil etadi. 2021 yil davomida jami 968 nomda 9329 nusxa, jami 531 507 160.13 so‘mlik adabiyotlar kirim qilindi. Shulardan, 447 nomda 3489 nusxada o‘quv qo‘llanmalar, 282 nomda 2113 nusxada darsliklar, 12 nomda 414 nusxada ilmiy adabiyotlar, 145 nomda 1939 nusxa badiiy adabiyotlar hamda 82 nomda 1374 nusxada boshqa turdagi (lugʼat, risola, toʼplam, monografiya, kitob) adabiyotlarni tashkil qiladi. Shundan 75 652 968.55 so‘mlik 2259ta adabiyotlar xadya qilingan adabiyotlarni tashkil qiladi. 2021 o‘quv yilida 6455 ta adbiyotlarning elektron variantlari yaratilgan bo‘lib, ularning 2033 tasi darslik, 3191 tasi o‘quv-qo‘llanma, 357 tasi ilmiy, 128 tasi badiiy va 1103 tasi boshqa adabiyotlarni tashkil qiladi. Nogironligi bor bo‘lgan ko‘zi ojiz talabalar uchun Viloyat ko‘zi ojizlar axborot-kutubxonasi bilan Brayl yozuvidagi adabiyotlardan 656 nusxa, shundan 12 nomda darslik, 35 nomda o‘quv-qo‘llanma 600 nomda badiiy adabiyotlar, 12 nomda boshqa adabiyotlar va 235 nusxadagi audio adabiyotlari, shundan 11 nomda darslik, 15 nomda o‘quv qo‘llanma, 197 nomda badiiy adabiyotlar, 12 nomda boshqa adabiyotlardan foydalanish uchun shartnomalar qilindi. Аxborot-resurs markaziga jami 30772 nafar kitobxonlar aʼzo bo‘lgan bo‘lib bularning 1364 nafari professor-o‘qituvchi, 839 nafari ishchi-xizmatchilar, 26932 nafari talabalar, 246 nafari magistrlar, 1391 nafari maxalla fuqorolarini tashkil qiladi. Kitobxonlarga 2021 yil davomida 224290 ta adabiyot berilgan bo‘lib, bularning 113146 tasi elektron va 111144tasi qog‘oz bosma adabiyotlarni tashkil etadi. 2021yilda 32 nomdagi 27465 nusxada gazeta va 58 nomda 320 nusxadagi jurnallarga obuna bo‘lgan va tarqatilgan. Axborot-resurs markazida jami xisobda 116 ta kompyuter, 15 ta netbuk, 12 ta skaner, 4 ta printer, 10 ta WIFI, 1 ta proyektor, 3 ta televizor bo‘lib, kompyuterlarning 19 tasi xizmatchi xodimlarda, 20 tasi fakultet kutubxonalarida, 60 tasi bosh ARMning 201-kompyuter zalida, 32 tasi talabalar turar joyidagikompyuter zallarida, 12 ta skanerlar adabiyotlarning elektron variantlarini yaratishda to‘xtovsiz xizmat ko‘rsatib turibdi. Har bir fakultetdagi ARMlarda adabiyotlar bilan ta’minlash va talabalarning mustaqil ta’limini yanada takomillashtirish maqsadida WIFI zonalari tashkil qilingan. Barcha bo‘lim va markazlar qatori axborot-resurs markazining ham veb sayti (arm.urdu.uz) mavjud bo‘lib, veb saytda markaz yangiliklari, yaratilgan yangi imkoniyatlar, yangi kelgan adabiyotlar, markazga aʼzo bo‘lish qoidalari, kitobxonlarning huquq va majburiyatlari, markazning elektron katalog dasturlari, foydali saytlar, respublikamizdagi va boshqa davlatlardagi yirik kutubxonalar va muxim yangiliklar berib boriladi. Markazda reja asosida turli mavzularda, muhim sanalarga bag‘ishlab ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar, ilmiy amaliy konferentsiyalar, yozuvchi shoirlar bilan uchrashuvlar, buyuk allomalar tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan kechalar, talabalarning mutolaa madaniyatini kuchaytirishga qaratilgan kitobxonlik kechalari, yangi kelgan adabiyotlarning taqdimotlari va namoyishlari o‘tkazilganini aytish mumkin. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlari tizimli va samarali tashkil qilingan. Foydalanuvchilarga masofadan turib foydalanishlari uchun axborot-resurs markazining arm.urdu.uz, armat.urdu.uz, armat2.urdu.uz sayti, hamda telegramm kanallari https://t.me/joinchat/UD8vqiVI-FOVRqmI, https://t.me/kimtex12345, https://t.me/texnikaelektronkutubxona, https://t.me/matelkutubxona, https://t.me/texnikaelektronkutubxona, https://t.me/ARMSanatshunoslik, https://t.me/armpedogogika https://t.me/XorijiyGuli, https://t.me/iqtisod_turizm_mehmonxona, @ARMFilologiya, @tabiiyfanlarelektronkutubxona, @Jismoniymadaniyatkutubxona tashkil qilingan va yangi adabiyotlar uzluksiz taqdim qilinib borilmoqda. Urganch Davlat universiteti Аxborot-resurs markazida Sciencedirect, EBSCO, Scopus, Springer, Nature.com xalqaro maʼlumotlar bazalaridan foydalanish maqsadida “Maslahat markazi” tashkil qilingan, professor-o‘qituvchi, ilmiy izlanuvchi va talabalar aʼzo qilingan. Аxborot-resurs markazlari faoliyatini rivojlantirish, bolalar va o‘smirlarni har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalashga yo‘naltirilgan mumtoz jahon va o‘zbek adabiyoti asarlari, qadimiy qo‘lyozmalarning raqamli nusxalari yaratilgan va ulardan keng foydalanish taʼminlangan. Аxborot-resurs markazlarining faoliyatiga zamonaviy kompyuter texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan zamonaviy markazga aylantirish hamda foydalanuvchilarga masofadan axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish takomillashtirilgan. “Kitob olami” bilan birga “Eng faol kitobxon”, “Badiiy adabiyot mutoolasi” mavzusida ko‘rgazmalar va tanlovlar o‘tkazilmoqda, g‘oliblar taqdirlanmoqda. 2021 yil maboynida markazimizda 141 ta ma’naviy ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilgan. Bular 16 tasi semenar-trening, 22 tasi taqdimoty, 28 tasi ko‘rgazmalar, 13 tasi semenar, 34 tasi uchrashuv, 11 tasi viktorinalar va 17 tasi boshqalar. Muxtasar qilib aytganda Axborot-resurs markazi xodimlari kitobxonlarning kitob mutolaasi to‘loqonli qondirish maqsadida ertalabki 9:00 dan 22:00 gacha ikki smenada xizmat qilib kelmoqdalar.