Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi

Yuldashov Kaxraman Kamulovich

Bo‘lim boshlig‘i

Telefon raqami:

+998-93-922-13-84

e-mail:

y.kaxraman.k@mail.ru

Ish joyi manzili: Urganch sh. Hamid Olimjon ko‘chasi 14-uy, 220100

MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO‘LIMI:


Mazkur bo‘lim universitet ijro etuvchi apparatining tarkibiy qismi hisoblanib, bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi.

1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan “Marketing xizmati bo‘limi” tashkillashtirilgan.

“Marketing xizmati bo‘limi” tegishli hujjatlarga asosan “Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi” (2019-2021)ga, 2021-yil 21-may sanasidan boshlab “Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi”ga o‘zgartirilgan.

“Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi o‘z sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va bo‘limning joriy o‘quv yili uchun belgilangan chora-tadbirlar rejasi ijrosi bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda.


BO‘LIM TARIXI:


Urganch davlat universitetida Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi (Marketing xizmati bo‘limi) 1998-yilda tashkil etilgan va 2019-yilgacha quyidagilar bo‘lim boshlig‘i (rahbar) lavozimida ishlab kelganlar:

1998-1999-yillar → Davletov Ikram Yusubovich;

1999-2002-yillar → Siddikov Marat Xalilovich;

2002-2004-yillar → Egamov Baxtiyor Nurmetovich;

2004-2018-yillar → Navruzov Kuralbay;

2018-2019-yillar → Xudayberganov Aniyoz Niyazmetovich.

2019-yildan boshlab Yuldashov Kaxraman Kamulovich “Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi” boshlig‘i etib tayinlangan. Bo‘limdagi o‘zgarishlar sababli 2021-yilning 21-may sanasidan boshlab “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish faoliyatini davom qildirib kelmoqda.


BO‘LIMNING MAQSADLARI VA VAZIFALARI:


- qabul kvotalarini shakllantirish bo‘yicha marketing ishlarini olib borgan holda har yili ish beruvchilardan olingan buyurtmalar asosida kelgusi yildagi qabul uchun prognozni shakllantirish va rahbariyatga ma’lumot taqdim etish;

- pedagogik kadrlar tayyorlovchi yo‘nalish va mutaxassisliklarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlarida “4+2” tartibi joriy etilganligi munosabati bilan talabalar amaliyotini muntazam kuzatib borish;

- talabalarning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga mos korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda haq to‘lanadigan amaliyotlarini tashkil etilishiga ko‘maklashish;

- mehnat organlari, tegishli ta’lim muassasalari, manfaatdor idoralar va tashkilotlar ishtirokida ish o‘rinlari yarmarkalari, karyera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatga qiziqishlarini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish.

- bitiruvchilarnining mehnat bozoridagi mos ish o‘rinlariga ishga joylashishiga ko‘maklashish.


BO‘LIM XODIMLARI:


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 12-may sanasida 2859-3-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Oliy talim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat korsatuvchi va oquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga ozgartirish va qoshimchalar kiritish haqida”gi qarorga asosan quyidagi lavozimlar bo‘yicha xodimlar faoliyat yuritmoqda:

 

Yuldashov Kaxraman Kamulovich

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i

 

Safashev Sodik

Bosh mutaxassis

 

 

 

Safashev Shuxrat Sadikovich

Bosh mutaxassis

 

 

 

Matrasulova Oyshajon Rajabbayevna

Bosh mutaxassis

 

 

 

Shojanov Shohrux Axmad o'g'li

Marketolog