Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilayotgan ishlar ko’lami haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy  tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch davlat universiteti va tumYangibozor tumanidagi 33-IDIUM oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha tuzilgan shartnoma asosida Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchlari Raximova Umida va Atamurotova Nazokatlar tomonidan 2022-yil 24-fevralda mazkur maktabning ingliz tili fani o'qituvchilariga “Speaking strategies and techniques in teaching English for the secondary school learners” mavzusidagi mahorat darsi o'tkazildi.

Mahorat darsidan keyin maktab o'qituvchilari bilan birgalikda maktab axborot-resurs markazidagi mavjud adabiyotlar ro'yxati bilan tanishildi va ularni darsda qo'llash bo’yicha mavjud kamchiliklar, afzalliklari va muammolar bo'yicha qizg'in davra suhbati bo'ldi.

Ulashish: