Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Sabirova B.U. tomonidan nazariy-ilmiy seminar tashkil qilindi

Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi  Sabirova Bernara Umarjanovnaning “Pragmalingvistik terminlar “antroposentrizm” va “paradigma”ning leksik-semantik tahlili” mavzusida o`tkazilgan ilmiy-nazariy seminar

  “Ingliz tili va adabiyoti“ kafedrasi  o`qituvchisi Sabirova Bernara Umarjanovna  2022-yil 15-mart kuni  kafedra professor- o`qituvchilari uchun  nazariy-ilmiy seminarni tashkil qildi. Seminar  “Pragmalingvistik terminlarning “antroposentrizm” va “paradigma” leksik-semantik tahlili” mavzusiga bag’ishlandi. Mavzu 21-asr eng dolzarb va innovatsion mavzularidan biri bo`lib, o`zining ko`plab ijobiy tomonlari bilan bugungi kun til o`rgatuvchi o`qituchilarning samarali yondashuviga aylanib borayotganligi seminarning kirish qismida yoritib berildi.
          Seminar davomida antroposentrizm va paradigma terminlariga leksik jihatdan anglatadigan ma`nolari izohlab o`tildi va shundan keyin terminlarning tilshunoslikda qo`llanilish holatlari berib o`tildi. Seminar juda qizg`in va qiziqarli bo`ldi. Ayniqsa kafedra professor-o`qituvchilari bilan olib borilgan diskussiya terminlarning leksik-semantik tahlili yuzasidan bahs-munozaralari juda qizg`in tus oldi. 
          Seminar so`nggida kafedra professor- o`qituvchilari Sabirova Bernara Umarjanovna tomonidan o`tkazilgan seminar bo`yicha o`zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi va keyingi bo`ladigan seminar mavzusi bo`yicha o`z takliflarini aytishdi.

Ulashish: