Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“India study Day” xalqaro tadbiri

24-may kuni Urganch davlat universiteti madaniyat saroyida Xorijiy filologiya fakulteti Roman- german tillari kafedrasi professor –o`qituvchilari hamda Filologiya va tillarni o`qitish 201-203-guruh ingliz tili ta`lim yo`nalishi talabalari tomonidan “India study Day” xalqaro tadbiri tashkil etildi. Tadbirda zoom platformasi orqali xorijlik mehmonlar ham ishtirok etdilar. Tadbir Bahadur Lal Shastri nomli Hindiston markazining Sanskrit lug`atini Urganch davlat universiteti professori Atabay Jumaniyozovga topshirish bilan boshlandi.Shundan so`ng professor Sanskrit-bobo til nomli nutq qildi va so`zni o`zi ilmiy rahbarlik Jumaniyozova Dilnoza Alimboyevnaning Sanskrit tilidan o`zlashgan so`zlarning farqli va o`xshash tomonlari mavzudasidagi ilmiy ishining amaliy qismidan tahlillarni keltirib o`tirishga berdi. Shundan keyin tadbirning madaniy -ma`rifiy qismiga o`tildi.Talabalar o`zlari tayyorlagan hindcha raqsni va Hindiston xalqining milliy eposi “Mahabharata”dan parchani ijro qilib berdilar.Shuningdek tadbirda qatnashayotgan talabalar bilan “Siz Hindistonni bilasizmi ?” nomli quiz ham tashkillashtirilib,savollarga to`g`ri javob bergan talabalarga esdalik sovg`alar berildi. Tadbir nafaqat talabalarimiz,balki hindistonlik mehmonlarimiz tomonidan iliq kutib olindi va kelajakda ikki xalq madanitayi,an`analari hamda urf-odatlari haqidagi ko`plab tadbirlar tashkillashtirilishi aytib o`tildi. 

 

Ulashish: