Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Oʻzbek xalq etnografik oʻyinlari musobaqasi boʻlib oʻtdi

Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlari qatorida oʻzbek xalq oʻyinlari ham munosib oʻringa ega. 

Bugun, 30-mart kuni Urganch davlat universiteti sport maydonlarida oʻzbek xalq etnografik oʻyinlari musobaqasi tashkil etildi.

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, qolaversa, milliy qadriyatlarimizni ulugʻlashga qaratilgan ushbu musobaqada Jismoniy madaniyat fakultetining talaba-yoshlari katta qiziqish va ishtiyoq bilan ishtirok etdi. 

Talabalar tosh koʻtarish, arqon tortish, qoʻl qayirish, “Kim kuchli?”, “Koʻz boylash” kabi o’nlab xalq o’yinlari bo’yicha kuch sinashdi.

Yakunda esa Sport klub tomonidan munosib taqdirlandilar.

urdu.uz, Oʻzbek xalq etnografik oʻyinlari musobaqasi boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Oʻzbek xalq etnografik oʻyinlari musobaqasi boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Oʻzbek xalq etnografik oʻyinlari musobaqasi boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Oʻzbek xalq etnografik oʻyinlari musobaqasi boʻlib oʻtdi

Ulashish: