Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

"Mintaqaviy iqtisodiyotning zamonaviy muammolari: Tajriba, tendensiya va istiqbollar" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi

Bugun Urganch davlat universitetida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan ushbu konferensiyada Xorazm viloyati hokim o'rinbosari S. Salayev, Urganch davlat universiteti rektori B. Abdullayev, Urganch davlat universiteti "Mintaqaviy laboratoriya" mudiri, Barqaror rivojlanish markazi Xorazm viloyati bo'linmasi rahbari B.Roʼzmetov, shuningdek, ZOOM orqali Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Sh.Kongratbay, TDIU huzuridagi "O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari" ITM direktori M.Kalonov singari bir qator xorijiy va Respublika OTM laridan professor-o'qituvchilar so'zga chiqdilar.

Anjumanda “Globallashuv sharoitida mintaqalarning barqaror rivojlanishi”, “Oʻzbekiston mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ekologik jihatlari”, “Respublikada modernizatsiya va keng ko'lamli islohotlar sharoitida hududlarni rivojlantirish muammolarini chuqur o'rganish”, “Hududiy iqtisodiyotni boshqarish tizimi tarkibiy o'zgartirishlar asosida iqtisodiy o'sishni ta'minlash”, “Texnologik modernizatsiya asosida iqtisodiy o'sishni ta'minlash va raqobatbardoshligini oshirish” singari qator mavzularda ma'ruzalar qilindi.

urdu.uz, "Mintaqaviy iqtisodiyotning zamonaviy muammolari: Tajriba, tendensiya va istiqbollar" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi

Ulashish: