Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Hamkor Ege universiteti professorlari Figen Zihnioglu va Evren Koban universitetimiz talabalariga taʼlim bermoqda

Turkiyaning Izmir shahrida joylashgan, Top mingtalikka kirgan Ege universiteti professorlari Figen Zihnioglu va Evren Kobanlar Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti “Biologiya” kafedrasida 15-oktabrdan 15-noyabrgacha bir oy muddatda faoliyat olib bormoqdalar.

Jumladan, joriy yil “Biologiya” kafedrasida 15-oktabrdan boshlab, Biologiya yo’nalishi 2-kurs 224-guruh talabalariga professor Figen Zihnioglu “Biokimyo va molekulyar biologiya” fanidan laboratoriya, professor Evren Koban esa 3- kurs 221-rus guruhga Biotexnologiya va bitkazuvchi guruh 201-rus guruhga Bioinformatika fanlaridan ma’ruza darslarini olib bormoqdalar.

O’quv jarayonlarida hamda darsdan bo’sh paytlarida professor Figen Zihnioglu va Evren Kobanlar talabalar bilan hamda professor-o’qituvchilar bilan biologiyaning turli xil sohalarida olib borilayotgan tadqiqot ishlari, ulardan olingan natijalar, ularning bugungi kundagi ahamiyati va foydali tomonlari yuzasidan davra suhbatlari olib bormoqdalar. Dars mashg’ulotlari va ilmiy-amaliy seminarlar paytida berilgan maslahatlardan, Turkiya davlatida hozirgi kunda olib borilayotgan “Biokimyo sohasida, molekulyar biologiya sohasida alohida alohida qilingan ishlar, gen tahlillari, nukleotidlar ketma-ketligini aniqlashdagi ishlar, polemeraza zanjir reaksiyalari, tadqiqot uchun olingan o’simliklar va hayvonlarning DNK izolyatsiyasi va ularning DNKsini sekvenirlash” borasidagi tadqiqotlar yuzasida qizg’in suhbatlar qurmoqdalar.

Professorlar o’simliklar (shafran)biokimyoviy tahlili ustida ish olib borayotgan dotsent Zakirjon Tajiyev va soya o’simligi ustida ish olib borayotgan PhD Raximova Xolisxonlar bilan fikr almashdilar. Mana shu o’simliklar ustida olib borilayotgan biokimyoviy tahlillar yuzasidan va kelajakda qilinishi mumkin bo’lgan tajribalar, har bir o’simlik uchun alohida alohida loyiha ustida ish olib bormoqdalar. Bu ishlarning O’zbekiston uchun, qolaversa Urganch davlat universitetida olib borilayotgan tadqiqotlar uchun ham katta ahamiyati borligi yuzasidan davra suhbatlari o’tkazildi.

urdu.uz, Hamkor Ege universiteti professorlari Figen Zihnioglu va Evren Koban universitetimiz talabalariga taʼlim bermoqda

urdu.uz, Hamkor Ege universiteti professorlari Figen Zihnioglu va Evren Koban universitetimiz talabalariga taʼlim bermoqda

urdu.uz, Hamkor Ege universiteti professorlari Figen Zihnioglu va Evren Koban universitetimiz talabalariga taʼlim bermoqda

 

Ulashish: