Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Turkiyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda yangi loyiha amalga oshirilmoqda

Keyingi yillarda Urganch davlat universitetining Turkiya Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari tobora kengaymoqda. Akademik hamkorlik bo’yicha 11 ta oliy ta’lim muassasalari bilan kelishuvlarga erishilganiligi buning dalilidir. 

Mazkur aloqalarning uzviy davomi oʻlaroq, Turkiya Respublikasining bir necha nufuzli universitetlari, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi, Toshkentdagi Alfraganus universiteti hamda Urganch davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti hamkorlikda sheva lug’atini yaratishni yo‘lga qoʻyish yuzasidan yangi loyiha amalga oshirilmoqda. 

Bugun, 13-noyabr kuni Turkiyaning Sakarya Uygulamalı Bilimler universiteti professori Dr. Serhat Kücük,  Düzce universitetidan prof., Dr. Demirji Umut Özgür,  Bandırma Onyedi Eylül universitetidan prof., Dr. Bahtiyar Aslan, Marmara universitetidan prof., Dr. Özkan Gulsoylar, shuningdek, Davlat tili markazi direktori I.Azimov, Alfraganus universiteti “Sharq filologiyasi” kafedrasi mudiri, f.f.n., dots. N.Jurayeva, mazkur kafedra professori, f.f.d. M.Saparniyozovalar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi. 

Mehmonlar bilan rasmiy muloqotda UrDU O'quv ishlari bo'yicha prorektori S.Xodjaniyozov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Z.Ibragimov, O'zbek filologiyasi fakulteti dekani D.G'ayipovlar va “Oʻzbek filologiyasi” kafedrasining shevashunos olimalari, professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi. 

Muloqot avvalida tomonlar oʻz oliy oʻquv yurtlari haqidagi umumiy maʼlumotlarni taqdim qildilar. Shundan soʼng, Urganch davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari va Sakarya Uygulamalı Bilimler universiteti olimlari bilan hamkorlikda “Onadolu va o‘zbek o‘g‘uz lahjalarining dialektologik lug‘atini yaratish” mavzusidagi grant loyihasini birgalikda yaratish borasida kelishuvga erishildi. 

Shuningdek, Sakarya amaliy fanlar universiteti bilan Urganch davlat universiteti o‘rtasida memorandum imzolash reja qilindi. 

Uchrashuv yakunida mehmonlarga Urganch davlat universitetining ramziy esdalik sovgʻalari taqdim etildi. 

urdu.uz, Turkiyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda yangi loyiha amalga oshirilmoqda

Ulashish: