Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xitoy Xalq Respublikasi bilan turizm sohasida hamkorlik yuzasidan videokonferensiya uchrashuvi bo'lib o'tdi

Xorazm viloyati vakillarining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan amaliy tashrifi hamda Xitoyning yetakchi OAV da olib borilgan targ'ibot tadbirlari natijasida  Xitoy Xalq Respublikasi Gansu viloyati bilan turizm sohasida hamkorlik  uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev, prorektorlar hamda tegishli fakultetlar dekanlari ishtirok etdi.

 Videokonferensiya davomida Xitoylik turizm sohasi vakillari viloyatimizning turistik jozibasiga katta qiziqish bildirdilar. Kelgusida Gansu viloyati turizm sohasi vakillari bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazish, ikki davlat turizm yarmarkalarida  ishtirok etish hamda ikki tomonlama sayyohlar almashish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Uchrashuv davomida ta'lim turizmi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olindi.

Ulashish: