Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch Davlat Universiteti profilaktika inspektori Doniyor Sopayevning Biz yoshlar giyohvandlikga qarshimiz mavzusidagi Madaniy-ma`rifiy seminari

Tadbirda Urganch davlat universiteti profilaktika inspektori Doniyor Sopayev so’zga chiqib quyidagilarga to’xtaldi:  Dunyoda giyohvandlikni  oldini olish ming yillardirki dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu muammo mamlakatimizni ham chetlab o‘tmagan. Xususan, so`nggi yillarda voyaga yetmagan yoshlar o`rtasida turli xildagi giyohvandlik vositalaidan foydalanish kabi og`ir jinoyatlar sodir etilishi davom etmoqda.O`zbekistonda belgilangan tartib bo`yicha giyohvandlikning oldini olish va profilaktika tadbirlari tashkil etilgan. Insoniyat qadim-qadimdan buyon giyohvandlikga, turli hildagi  diniy harakatlarga qarshi ma'rifat bilan kurashishga intilib keladi.Chunki, unga qarshi kuch ishlatilmasa, giyohvandlik vositalariga aholi va yoshlar o`rtasida bunday narsalarga talab  avvalgidan battarroq kuchayib ketishi mumkin. Giyohvandlikga qarshi ma'rifat usuli hozirgi davrda, taraqqiyot borasida juda ilgarilab ketgan asrimizda g'oyat muhim kasb etmoqda.Hozirgi vaqtda ko'z o'ngimizda dunyoning turli joylarida ro'y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o'zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshig'oya, giyohvandlikga qarshi ma'rifat bilan kurashish har qachongidan ko'ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hammamizga ma'lumki harqanday kasallikning oldini olish uchun avvalo kishi organizmida unga qarshi kurashuvchi immunitet hosil qilinadi. Shunday ekan biz yoshlar ongida ham ona Vatanimizga bo'lgan muhabbatimiz,qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi o'z dinimizga sadoqat tuyg'ularini yanada shakillantirishimiz, kelajak avlodlarga etkazib, kerak bo'lsa ularning ongida va qalbida mafkuraviy, ma'naviy immunitetni kuchaytirishimiz muhim o`rin tutadi. Seminar davomida kafedra professor-o`qituvchilari va talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma`ruzachiga murojat qildilar va savollariga javob oldilar.

 

Ulashish: