Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Novosibirsk davlat universiteti vakillari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi

Bugun, 26mart kuni Rossiya Federatsiyasining  hamkor Novosibirsk davlat universiteti Gumanitar fanlar instituti direktori, tarix fanlari doktori  Andrey Zuyev, professor Belitsa Tatyana va ilmiy xodim Evganiya Ignatevalar boshchiligidagi delegatsiya Urganch davlat universitetida boʻlishdi.

Delegatsiya aʼzolari va UrDU rahbariyati bilan “Shimoliy va Markaziy Osiyo tadqiqotchilari Konsorsiumi doirasidagi ko‘p tomonlama ilmiy hamkorlikning dolzarb masalalari” mavzusida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda ayni paytda universitetimizda mehmon boʼlib turgan O'zbekiston milliy universiteti professori, OʻzResFA akademigi Anatoliy Sagdullayev ham oʼz fikrlari bilan ishtirok etdi.

Rasmiy muloqot avvalida Urganch davlat universiteti rektori, prof. Baxrom Abdullayev hamda Novosibirsk davlat universiteti Gumanitar fanlar instituti direktori, prof. Andrey Zuyev hamkorlik samaralari va istiqbollari haqida fikr almashishdi. 

Uchrashuv davomida joriy yilda hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi. Har yili an’anaviy tarzda hamkorlikda tayyorlanadigan monografiyani ushbu yilda ham nashr etishga kelishib olindi. Arxeologiya boʻyicha hamkorlik qilish, birgalikda ilmiy anjumanlar oʻtkazish, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi imkoniyatlaridan foydalanib, magistr va doktorantlarni Novosibirsk davlat universitetiga stajirovkalarga yuborish singari masalalar koʻrib chiqildi.

Muloqot yakunida mehmonlarga ramziy esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Ulashish: