Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'zbek tilshunosligi kafedrasida ilmiy-uslubiy hamda ilmiy-nazariy seminarlar o'tkazilmoqda

Joriy yilning 18-aprel kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasida "O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "Tilshunoslik fanlarini o'qitish samaradorligini oshirish yo'llari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.

Seminar yig'ilishida professor A.O'razboyevning "Ogahiyning o'z dastxati bilan yozilgan qo'lyozmalar haqida", magistrant O.Sultanovaning "Xorazm dostonlari antroponimiyasida madaniy belgilarning aks etishi"  mavzularida ilmiy-nazariy ma'ruzasi hamda dotsent Q.Olloyorovning "Xalqaro va o'zbek tilshunosligida areal lingvistik tadqiqotlar", kafedra o'qituvchisi D.Sultanovaning "Terminlar yasalishining o'qitilish usullari" mavzularida ilmiy-uslubiy ma'ruzalari tinglandi.

Ulashish: