Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Talaba-yoshlar harbiy qismga tashrif buyurdi

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tahsil olayotgan barcha fakultetlardan bir guruh talaba-yoshlar tyutorlar boshchiligida “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” shiori ostida Urganch shahridagi 53008-harbiy qismga tashrif buyurishdi.

Talaba-yoshlarni harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, mayor N.Qulmatov samimiy kutib oldi. Tashrif davomida yoshlar harbiy qism faoliyati, harbiylarning kundalik xizmat jarayoni, intizom va vatanparvarlik ruhida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Bu uchrashuv yoshlarda Vatanga sadoqat, harbiy kasbga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada kuchaytirdi.

Urganch davlat universiteti talaba-yoshlari Urganch shahridagi 53008-harbiy qismga tashrifi doirasida O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat Kengashi hamkorligida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etishdi. Unda O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari U. Qo‘chqarov boshchiligida bir guruh partiya vakillari, universitet tyutorlar kengashi raisi, iste’fodagi mayor R.Matchanov, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi xodimlari ishtirok etib, so‘zga chiqdilar.

Nutqlarda Vatan himoyasi oliy burch ekani, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz mard va fidoyi harbiylar xizmatining samarasi ekani alohida ta’kidlandi. Bunday uchrashuvlar talaba-yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni yurt taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Ulashish: