Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ehtirom va e’tirof ayyomi: universitetda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi

Bugun "14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Urganch davlat universitetida ko‘tarinki ruh va samimiy ehtiromga yo‘g‘rilgan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. An’anaga muvofiq tashkil etilgan ushbu tadbirda oliygoh rahbariyati va jamoasining ajralmas bo‘lagi bo‘lgan erkak xodimlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi, ularning fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.

Tadbir davomida universitet Xotin-qizlar maslahat kengashining faol ayol professor-o‘qituvchilari hamda uzoq yillar davomida ta’lim va tarbiya yo‘lida xizmat qilib kelayotgan faxriy ustozlar so‘zga chiqib, bayramning ma’naviy ahamiyati haqida fikr bildirdilar. Ular Vatan himoyasi tushunchasi faqat harbiy xizmat bilangina cheklanmasligini, balki o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashayotgan, oilasi va jamiyat oldidagi mas’uliyatni chuqur his etayotgan har bir erkak ham Vatan himoyachisi ekanini ta’kidladilar.

Erkaklar jamoasi nomiga bildirilgan samimiy tilaklar, iliq so‘zlar va ezgu niyatlar barchaga bayramona kayfiyat ulashib, tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Ushbu qutlug‘ sana universitetimiz jamoasi uchun nafaqat tantanali bayram, balki o‘zaro hurmat, hamjihatlik va e’tibor-muhabbatni yanada mustahkamlovchi ezgu an’anaga aylandi.

Ulashish: