Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Prezident topshirig'i amalda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 23-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida respublika bo‘yicha 903 ta “og‘ir” mahalla uchun bosh rejalar ishlab chiqish vazifasi belgilandi.  (https://t.me/eduuz/41999)Ushbu muhim topshiriq ijrosi doirasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tomonidan amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Mazkur jarayonga universitetning Arxitektura, Qurilish, Iqtisodiyot yo’nalishlari, shuningdek, respublikaning arxitektura va qurilish muhandisligi sohasidagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlaridan jami 987 nafar bitiruvchi kurs talabalari, yosh tadqiqotchilari viloyatdagi 141 ta mahallaga biriktirildi. 

Hozirda talabalar maxsus tashkil etilgan shtabda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalarning bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy takliflar tayyorlamoqda. Takliflarda infratuzilmani yaxshilash, qurilish va energetika masalalari, qishloq xo‘jaligi hamda tadbirkorlik va xizmatlar sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun ushbu ishlarning borishini o‘rganish maqsadida universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov Qo‘shko‘pir tumani “Zarbdor” mahallasida bo‘lib, talabalar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar va takliflar bilan tanishdi. Talabalar o‘z g‘oyalarini taqdimotlar orqali namoyish etdilar.

Mazkur tashabbus nafaqat mahallalar rivojiga xizmat qilmoqda, balki talaba-yoshlar uchun dual ta’lim asosidagi muhim amaliy tajriba maktabi vazifasini ham o‘tamoqda.






 

 


 


 

 


 

Ulashish: