Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti Kengashining 7-majlisi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 3-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ilmiy kengashining 7-majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov raisligida, Kengash a’zolari ishtirokida tashkil etildi. 

Dastlab universitetning ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lida salmoqli hissa qo‘shayotgan professor-o‘qituvchilarga ilmiy daraja va unvonlarining diplomlari taqdim etildi. 
Shuningdek, Respublika tanlovlari g‘oliblari e’tirof etilib, tashabbuskor talabalar va ularning ustozlari samimiy qutlandi.

Kengash yig’ilishida universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov tomonidan Buxoro davlat universitetida o‘tkazilgan “Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026 (BIMO–2026)” xalqaro matematika olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar eʼtirof etilib, diplomlari topshirildi, ustozlariga jamoa nomidan tashakkur bildirildi. 

Urganch davlat universiteti Kengashining  7-majlisida kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot hamda hisobotlari tinglandi: 

O‘zbekiston Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga oid axborot;
Urganch davlat universitetining 2025-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati  to‘g‘risida;
Universitet talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar  to‘g‘risida;
Kafedralarda bajarilayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining mintaqa muammolari bilan bog‘liqligi to‘g‘risida;
Texnika fakultetida  bitiruvchilar va talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

Shuningdek, Kengash tomonidan har xil masalalar atroflicha muhokama etildi hamda saylovlar o‘tkazildi.

Ulashish: