Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovi shoira Zulfiya tavalludiga bag‘ishlandi

Bugun, 4-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakulteti an’anaviy tarzda o‘tkazib kelayotgan “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining navbatdagi soni o‘zbek adabiyotining betakror siymosi, atoqli shoira – Zulfiyaxonimning 111 yilligiga bag‘ishlandi.

Tanlovda oliygohning 6 nafar talabasi ikki shart asosida o‘zaro kuch sinashdi va so‘z borasida mahoratini namoyish etdi. Ahamiyatlisi, ushbu tanlovda xorijlik talabalar ham faol ishtirok etdi.

1-shartda ishtirokchilar o‘zi haqida barcha ma’lumotlarni she’riy yoki nasriy yo‘l bilan bayon qilishdi. 2-shartda esa oldindan tayyorlangan savollarga tez va aniq javob berish orqali bilim va tafakkurini namoyish etdi. Har bir shart hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi, talabalarning nutq san’ati, ijodiy yondashuvi va muloqot madaniyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Tanlov davomida Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 242-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, go‘zal raqslar va sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda yuqori kayfiyat uyg‘otdi. Har bir badiiy chiqish Zulfiya Isroilova ijodining ma’naviy olamini eslatdi, uning so‘z san’ati va ruhiy boyligini ochib berdi.

Tadbir yakunida Filologiya va san’at fakulteti dekani, prof. D.G‘ayipov so‘zga chiqib, tanlovning yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidladi, yosh notiqlarning mahoratini e’tirof etdi. G‘olib hamda faol talabalarga Diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

“Yosh notiqlar” – bu nafaqat so‘z ustalarini kashf etadigan maydon, balki talabalarda ijodiy fikrlash, madaniy tafakkur va ma’naviy kamolotni shakllantiradigan muhim tashabbusdir.

Ulashish: