Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda germaniyalik mutaxassislar ishtirokida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun, 5-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Germaniya Tadqiqot Jamg‘armasi (DFG) ilmiy delegatsiyasi ishtirokida seminar tashkil etildi.

Mazkur tashrif Germaniya tadqiqot jamg‘armasi (DFG) nomidan Markaziy Osiyo Barqaror innovatsiyalar byurosi (CASIB) tomonidan “Markaziy Osiyoda barqaror agroekotizimlarni rivojlantirish: organik ifloslantiruvchilarga nisbatan "One Health" yondashuvi” mavzusidagi ilmiy seminar doirasida amalga oshirildi.

Seminarni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Ibragimov ochib berib, delegatsiya a’zolariga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, u mazkur uchrashuv ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma tadqiqotlarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Seminar davomida olimlar tomonidan kartografik texnologiyalar hamda laboratoriya infratuzilmasining mavjud imkoniyatlari muhokama qilinib, ularni kelgusida DFG tomonidan moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqot loyihalarida qo‘llash istiqbollari tahlil qilinmoqda. Shuningdek, universitet olimlari va germaniyalik mutaxassislar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish hamda xalqaro grant loyihalarida hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ilmiy seminardan so'ng, Germaniya Tadqiqot Jamg‘armasi (DFG) ilmiy delegatsiyasi a’zolari universitetning qator ilmiy laboratoriyalariga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, Qishloq xo‘jaligi kimyoviy tadqiqotlari laboratoriyasi, Qishloq xo‘jaligi biologik tadqiqotlari laboratoriyasi hamda Qishloq xo‘jaligi tuproq tadqiqotlari laboratoriyasida olib borilayotgan ilmiy ishlar bilan tanishdi.

Ulashish: