Close
Skip to main content


Rektor Filologiya va san’at fakulteti jamoasi bilan uchrashdi

Xabar berib borayotganimizdek, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova ayni kunlarda fakultetlar kesimida professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Bugun navbatdagi uchrashuv Filologiya va san’at fakulteti jamoasi bilan bo‘lib o‘tdi. Dastlab fakultet dekani D. G‘ayipov tomonidan fakultet faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etilib, amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi. Rektor ushbu yo‘nalishlardagi natijalar va kelgusi vazifalarga alohida qiziqish bildirdi.

Uchrashuv davomida kafedralar kesimida ilmiy salohiyat holati tahlil qilinib, professor-o‘qituvchilarning dissertatsiya ishlarini tayyorlash va himoya qilish, ilmiy daraja va unvonlarga erishish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama etildi. Rektor tomonidan bu borada har tomonlama ko‘mak berishga tayyorlik bildirildi.

Shuningdek, fakultetning universitet hayotidagi o‘rni alohida e’tirof etilib, mamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirishga qaratilgan loyihalarni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda professor-o‘qituvchilarning taklif va tashabbuslari, mavjud muammolar keng muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Ulashish: