Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Iqtisodiyot fakulteti Urganch davlat universiteti gumanitar fanlar fakulteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Urganch filialining qo`shilishi natijasida 1995 yil 9 iyulda Iqtisodiyot fakulteti nomi bilan tashkil qilingan. Fakultetga iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdullayev Ilyos Sultonovich rahbarlik qilmoqda. Fakultetda 4 ta kafedra faoliyat olib boradi, shu jumladan, “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, PhD, Raximov To‘xtabek Jumaboyevich, “Menejment va marketing” kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent Ruzmetov Sherzodbek Baxtiyarovich "Turizm va mexmonxona xo'jligini boshqarish" kafedrasi mudiri PhD Ollanazarov Bekmurod Davlatmurodovich, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri, Ph.D., dotsent Fayzullayev Nurulla Bahromovichlar hisoblanadilar.

        Fakultetda 53 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat ko`rsatayotgan bo`lib, ularning 4 nafari fan doktori va professor, 16 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 13 nafari katta o`qituvchi va 20 nafari assistent-o`qituvchilardan iborat.

     Fakultet AQSH, Angliya, Germaniya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Rossiya, Polsha, Belgiya, Sloveniya, Italiya, Yaponiya va boshqa davlatlatning nufuzli universitetlari bilan xalqaro aloqalar o`rnatgan. Fakultet kafedralarida menejment, marketing, ekonometrika, ish yuritish, innovatsiya strategiyasi, mehnat iqtisodiyoti, mintaqaviy iqtisodiyot, agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti, institutsional iqtisodiyot, turizm: nazariya va amaliyot, xalqaro turizm, restoran menejmenti, servis faoliyati asoslari, ekologik turizm, iqtisodiyot nazariyasi, milliy iqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti va XIM, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, statistika, audit, buxgalteriya hisobi nazariyasi, moliya, soliq va soliqqa tortish kabi fanlar o’qitiladi.