Close
Skip to main content


Atamurotov Alimardon Abdirimovich Urganch davlat universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori lavozimiga tayinlandi


Atamurotov Alimardon Abdirimovich Urganch davlat universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Xorazm bo‘limi rahbari, shuningdek, Urganch davlat universiteti Matematik tahlil kafedrasi dotsenti  lavozimida faoliyat yuritgan. 

Fizika-matematika fanlari doktori (DSc), dotsent. 

A.Atamurotov 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Talabalar o‘rtasida Respublika va xalqaro matematika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan. Olti nafar  davlat nomdor stipendiyasi sovrindorlariga rahbarlik qilgan. 2018-yilda o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi birinchi talabalar xalqaro matematika olimpiadasini tashkilotchi koordinatori va ushbu olimpiada tashkiliy qo‘mitasining doimiy a’zosi.  Urganch uavlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash a’zosi. 

UrDU jamoasi nomidan Alimardon Abdirimovichni boshlagan yangi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tilaymiz!

 

Share