Close
Skip to main content


“Raqamli ta’lim muhitida talabalar o‘quv motivatsiyasini oshirish: pedagogik innovatsiyalar, psixologik mexanizmlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi


#Ilmiy_konferensiya

Bugun Urganch davlat universitetida Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakultetining Pedagogika va psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan “Raqamli ta’lim muhitida talabalar o‘quv motivatsiyasini oshirish: pedagogik innovatsiyalar, psixologik mexanizmlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi.

Anjumanni universitet rektori Feruza Madrahimova kirish so‘zi bilan ochib berib, bugungi kunda raqamli ta’lim muhitida talabalarning o‘quv motivatsiyasini oshirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish hamda bu kabi anjumanlarning ta’lim tizimini rivojlantirish, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Anjumanda Respublikamizning O'zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, qolaversa, viloyatimizning Urganch davlat pedagogika instituti hamda Ma'mun universitetidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, olimlar hamda tadqiqotchilar tomonidan raqamli ta’limning zamonaviy tendensiyalari, pedagogik innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, talabalarning o‘quv motivatsiyasini shakllantirishning psixologik mexanizmlari, interaktiv ta’lim texnologiyalari hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar mavzularida ma’ruzalar qilinmoqda.
 
Konferensiya o’z ishini kunning ikkinchi yarmida sho’ba yig’ilishlarida davom ettiradi.

















Share