Close
Skip to main content


Hurmatli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari!


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hamda Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida 2025/2026 o‘quv yili doirasida fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli fan olimpiadasi o‘tkazilmoqda. 

Olimpiadaning maqsadi: Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda oliy ta’limga jalb etishdan iborat. 

Olimpiadaning yakuniy bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar belgilangan tartibda Urganch davlat universitetiga imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi hamda kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi. 

Olimpiada bosqichlari:
Tuman (shahar) bosqichi – 27-aprel 2026-yil
Viloyat bosqichi – 29-aprel 2026-yil
Universitet (yakuniy) bosqichi – 30-aprel 2026-yil 

Ishtirok etish tartibi:
•  Barcha 11-sinf o‘quvchilari ixtiyoriy ravishda qatnashishi mumkin. 
•  Informatika yo‘nalishi bo‘yicha ishtirokchilar Nizomda ko’rsatilgan maxsus platforma orqali ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi. 
•  Har bir bosqich natijalariga ko‘ra eng kuchli ishtirokchilar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi. 

NIZOM BU YERDA 

Batafsil ma’lumotlar universitetning rasmiy veb-sayti (urdu.uz) va ijtimoiy tarmoqlari orqali e’lon qilib boriladi. 

Barcha iqtidorli o‘quvchilarni ushbu olimpiadada faol ishtirok etishga chorlaymiz!