Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Oliy ta’lim vakillari malakasini oshirishda AQSH bilan hamkorlik qilinadi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan vazirlik tasarrufidagi Bosh ilmiy-metodik markazda AQSHlik ekspertlar ishtirokida ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda soha vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda oliy ta’lim tizimidagi pedagoglar malakasini oshirishda AQSH bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi PF-5789-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi 797-sonli qaroriga muvofiq 2019 yilning sentyabridan amaliyotga joriy etilgan rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirish tizimi haqida ham axborot berildi.  

2019 yil sentyabr-dekabr oylarida oliy ta’lim muassasalarining jami 3380 nafar rahbar hamda pedagog kadrlari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga qabul qilingan.  Ularning 492 nafariga muqobil malaka oshirish talablarini bajarganligi uchun mutaxassisligi bo‘yicha tinglovchilarga mahorat darsi o‘tkazish asosida malaka attestati taqdim etildi. 

2020 yilda oliy ta’lim muassasalarining jami 8221 nafar rahbar va pedagog kadrlar qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan 1593 nafari masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali tashkil etilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tishi belgilangan.

Ulashish: