Close


Ta’lim va tarbiya bir-biridan ayrilmaydigan jon ila tan kabidir mavzusida davra suhbati

Ta’lim va tarbiya bir-biridan ayrilmaydigan jon ila tan kabidir. Bugun 18 fevral sanasida TTJ ning axborot resurs markazida 2- binoda yashovchi xorijiy filologiya fakulteti talabalari bilan ana shu mavzuda davra suhbati  bo'lib o'tdi. Davra suhbatida xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.O.Jumaniezov,yoshlar bilan ishlash  bo'yicha dekan o'rinbosari S.Matkarimov, O.Chuponov, TTJ direktori Z.Yusupov, tarbiyachi pedagog Z.Yaqubova va talabalar qatnashdilar. Mazkur davra suhbatida talim jarayoniga oid masalalar va shuningdek talabalarning yashash turmush tarzi, yurish-turishi, TTJ ning ichki qoidalariga rioya qilish, bo'sh vaqtlarni mazmunli o'tkazishda faol qatnashish kabi masalalar xususida fikr yuritildi.

Ulashish: