Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies


DIQQAT!!! ONLAYN TANLOV!


Urganch davlat universiteti Maʼnaviyat va maʼrifat, yoshlar bilan ishlash boʼlimi "26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni" munosabati bilan 2020 yilning 20 iyunidan 26 iyuniga qadar talaba-yoshlar oʼrtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida rasmlar tanlovini eʼlon qiladi. Unda Siz giyohvandlikning salbiy taʼsirini oʼzida ifoda etgan, oʼzingiz chizgan rasmlaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.
Eng yaxshi rasm mualliflari turli nominatsiyalar boʼyicha diplom bilan taqdirlanadi. 
Siz mazkur tanlov uchun chizgan rasmlaringizni t.me/UrDU_5ta_Muhim_Tashabbus telegramm kanaliga joylashtirib borishingiz lozim.
Barchangizni tanlovda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.