Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies

  • Green
    University


MTCP stipendiyasi uchun qabul e'lon qilindi


 

MTCP stipendiyasi — Malayziya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi va rivojlanayotgan davlatlardan bo‘lgan xalqaro talabalar uchun mo‘ljallangan. Ular ushbu dastur orqali Malayziyada magistratura bosqichida tahsil olishlari va bir vaqtning o‘zida o‘z mamlakatlarining rivojlanishiga hissa qo‘sha oladigan zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari mumkin. Stipendiya muddati magistrlik dasturi uchun 24 oydan 36 oygacha bo‘lib, barcha o‘qish shakllarini (kurs ishlari, aralash shakl va ilmiy tadqiqot) qamrab oladi.

Mazkur stipendiya dasturi uchun quyidagi ta’lim yo‘nalishlari ustuvor etib belgilangan: Sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli transformatsiya, iqtisodiyot, muhandislik, matematika, fan-texnologiya, oziq-ovqat xavfsizligi, islom moliyasi, huquqshunoslik, davlat boshqaruvi va siyosatshunoslik, barqaror rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish.

Batafsil ma'lumot uchun https://mtcp.kln.gov.my/scholarship