Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Rektor va talaba-qizlar muloqoti boʻlib oʻtdi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev universitetning bir guruh faol talaba-qizlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. 
Uchrashuv erkin muloqot tarzida oʻtdi. Rektor suhbat jarayonida mamlakatimizda yoshlarga, ayniqsa qizlarga bo‘lgan e’tibor, davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatimizda xotin-qizlarning  roli va  oʻrni yanada oshirishga qaratilgan juda keng qamrovli tashabbuslar, o‘sib kelayotgan barkamol avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini alohida qayd etib, kuni kecha oliy taʼlim tizimida qizlar uchun yaratilgan imtiyozlarni atroflicha bayon etdi. 

Qolaversa, suhbatda  o'zligimiz, milliy qadriyatlarimiz, qadimiy urf-odatlarimizni unutmagan holda, ularni hurmat qilish, milliy liboslarimizni zamon bilan uyg’unlashtirilgan holda hushbichim va yarashiqli qilib kiyinish lozimligi haqida so'z yuritildi. Bu borada talaba-qizlar oʻz fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdilar.  Muloqot yakunida rektor B.Abdullayev talaba-qizlarni kirib kelayotgan Navroʻz ayyomi bilan samimiy tabriklab, barchalariga chiroyli tilak-istaklar bildirdi. 

urdu.uz, Rektor va talaba-qizlar muloqoti boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Rektor va talaba-qizlar muloqoti boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Rektor va talaba-qizlar muloqoti boʻlib oʻtdi

Ulashish: