Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti rektori O‘zbekiston-Belarus professional ta’lim forumida qatnashmoqda


Joriy yilning 29-aprel–1-may kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida Birinchi O‘zbekiston-Belarus professional taʼlim forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu forumda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev hamda Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor G’ayrat O’razboyevlar ishtirok etmoqda. Forum 29-aprel kuni O‘zbekiston-Belarus professional ta’lim forumining seksiya yig‘ilishi bilan boshlandi. 

Bugun forumning sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda respublikamizning 14 ta oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi va  sessiya ishida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, jumladan professional ta’lim muassasalari tizimini rivojlantirish muhokama qilindi. Oʻzaro hamkorlik memorandumi, shartnoma va yo‘l xaritalari imzolandi.

Jumladan, Urganch davlat universiteti va Belorus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash shuningdek, Urganch davlat universitetining  “Barqaror rivojlanish” YUNESKO kafedrasi va Belorus milliy texnika universitetining “Energiyani tejash va qayta tiklanadigan energiya manbalari” YUNESKO kafedrasi o‘rtasida ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan shartnomalar imzolandi. 

Jarayonlar davom etadi.

Ulashish: