Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Aksilkorrupsiya Kovorking markazi: Umida Tuxtasheva “Startap” loyihalar mualliflari bilan muloqot qildi


Bugun, 10-dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktorining o‘rinbosari, Jamoatchilik bilan aloqalar, murojaatlar bilan ishlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Umida Tuxtasheva Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad oliygohda amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati bilan yaqindan tanishish, Kovorking markazi faoliyatini ko‘rish hamda “Aksilkorrupsiya” volontyorlari harakati bilan bevosita muloqot qilishdan iborat bo‘ldi.

Dastlab universitet mas‘ullari hamrohligida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan Aksilkorrupsiya Kovorking markazi faoliyati bilan tanishdi. Markazda talabalarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ijodiy loyihalari, tashabbuslari hamda innovatsion g‘oyalari namoyish etildi.

U.Tuxtasheva volontyor talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. U bugungi kunda korrupsiyaga moyil sohalar, ularning oldini olish mexanizmlari haqida batafsil fikr yuritdi. Talabalarning loyihalari bilan qiziqib, ularning takliflari va tashabbuslarini diqqat bilan tingladi. O‘zining amaliy tajribalariga tayangan holda foydali tavsiyalar berdi, yoshlarning korrupsiyasiz jamiyat barpo etish borasidagi mas’uliyatini alohida ta’kidladi. 

Tashrif davomida iste’dodli talabalar tomonidan chizilgan rasmlar ko‘rgazmasi bilan ham tanishdi.

Ulashish