Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Korrupsiyaga qarshi kurashni o‘zimdan boshlayman.


Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakultetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X. Shixova ishtirokida 1-kurs Psixologiya yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatadigan salbiy oqibatlari, har bir fuqaroning korrupsiyaga qarshi kurashdagi shaxsiy mas’uliyati, ta’lim tizimidagi shaffoflik va halollik tamoyillarining ahamiyati keng yoritildi.

Talabalarga korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, noxolis vaziyatlarga duch kelganda to‘g‘ri yo‘l tutish usullari, tegishli murojaat kanallari va amaldagi qonunchilik me’yorlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ulashish