Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU va Kanazava universiteti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


22-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Yaponiya davlatining Kanazava universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov,  Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor G‘.O‘razboyev, tegishli fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari Kanazava universiteti vitse-prezidenti Noriko Hasebe, Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Hiroshi Yamamoto hamda professor Aida Mammadova bilan muloqot olib borishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro yaqindan tanishib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Xususan, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, fakultetlar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida ushbu yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Ta’kidlash joizki, mazkur onlayn uchrashuv joriy yil noyabr oyida Xorazm viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga amalga oshirgan tashrifi natijasi sifatida tashkil etildi. Ushbu tashrif doirasida iqtisodiyotning qator sohalari bilan bir qatorda ta’lim yo‘nalishida ham o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan edi. Xususan, viloyat delegatsiyasi tarkibida Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov Kanazava universitetida bo‘lib, mazkur oliygohda ta’lim jarayonlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda xalqaro hamkorlik tajribasi bilan yaqindan tanishgan edi.  Bugungi uchrashuv ana shu tashrif davomida boshlangan muloqotning mantiqiy davomi bo‘lib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Kanazava universitetiga 1862-yilda asos solingan boʻlib, 1949-yilda universitet sifatida shakllangan. Universitetda 10 ming nafardan ortiq talabalar tahsil oladi, 1200 nafarga yaqin oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar faoliyat olib boradi.

Ulashish