Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Rahbar va yoshlar” mavzusida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvni universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda yoshlar bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S.Salayev ishtirok etib, talabalar bilan bevosita muloqot qildi. Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi hamda ta’lim jarayoniga oid fikrlar bildirildi.

Uchrashuv yakunida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xorazm viloyati hokimligi tomonidan 2 nafar talabaning kontrakt to‘lovi uchun ajratilgan pul mukofoti topshirildi. Shuningdek, “Qalqon” jamoasining bir nafar a’zosiga noutbuk sovg‘a qilindi.

Bundan tashqari, universitet rahbariyati tomonidan “Qalqon” jamoasining 30 nafar a’zosiga kiyim-kechak hamda zarur texnik vositalar tantanali tarzda topshirildi.

Ulashish