Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN O‘QUV SEMINARLAR O‘TKAZILMOQDA


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida talabalarning qishgi ta’tili davrida professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini joriy etish hamda ta’lim sifatini yanada takomillashtirish maqsadida universitetning barcha fakultetlarIda o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

Mazkur o‘quv-seminarlarda soha bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan o‘quv dasturlarini dunyoning TOP-300 oliy ta’lim muassasalari ta’lim dasturlari asosida maqbullashtirish, ta’lim jarayonlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari, kredit-modul tizimi asosida o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlari, HEMIS axborot tizimi bilan ishlash, uni amaliyotga to‘liq joriy etish masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, ushbu seminarlar professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, xalqaro ta’lim standartlariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda universitetda ta’lim jarayonlarini yanada sifatli tashkil etishga xizmat qiladi.

Ulashish