Seminarda Jahongir Sanaqulov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan “O‘zbek rivoyatlari va hikoyalari” asarida realiyalarning ifodalanishi masalasi muhokama qilindi.
Seminarda "Roman-german filologiyasi"kafedrasining professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.
Kafedra o‘qituvchisi Jumaniyozov Xasanbek Ilhomboyevich ma’ruza qilib, tarjimada milliy-madaniy realiyalarni saqlash, ularni izohli tarjima, moslashtirish va funksional muqobillik orqali berish usullari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Ma’ruzada realiyalarning badiiy va lingvomadaniy ahamiyati ilmiy misollar asosida yoritildi.
Mazkur mavzu tarjimashunoslik va lingvomadaniyatshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.