Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Tyutorlar seminarining ikkinchi kuni bo'lib o'tdi


Bugun, 8-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tyutorlarning bilim va kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treningning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Seminar doirasida fakultetlar kesimida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar kengashi raislari tomonidan talabalar turar joylari va ijarada istiqomat qilayotgan talabalar bilan olib borilayotgan ishlar, fakultetlardagi ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar, iqtidorli talabalarning erishayotgan yutuqlari yuzasidan batafsil axborotlar taqdim etildi.

Shuningdek, talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagoglari tomonidan ham mavjud holat, amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar hamda istiqboldagi rejalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Mazkur seminar-trening tyutorlar faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish hamda ta’lim muhitida samarali hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Ulashish